O‘zbekiston Respublikasida
Tan olinganxorijiy tillar hamda umumta’lim fаnlаri bo‘yicha xalqaro sertifikatlar bazasi
O‘zbekiston Respublikasida tan olingan xorijiy tillar hamda umumta’lim fаnlаri bo‘yicha xalqaro sertifikatlar bazasi
Sertifikatlarni nima uchun tasdiqlash kerak?
Umumta'lim fan bo‘yicha tegishli sertifikatga ega pedagoglar
Xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Xorijiy tillar o‘qituvchilariga
Ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilsin.
Davlat boshqaruv idoralarining xodimlariga
2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan to‘lansin.
Kirish imtixonlarida xorijiy til sertifikatlarga beriladigan imtiyozlar
Bakalavriat, magistratura, ikkinchi oliy ta‘lim, doktorantura ta‘lim bosqichlariga hamda Akademik litseylarga kirish imtixonlarida tegishli sertifikatlarga beriladigan imtiyozdan ushbu platformadagi tasdiqlangan sertifikat ma‘lumotlari orqali foydalanish mumkin.
Xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan o‘qituvchilar
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin.
Kirish imtixonlarida umumta'lim fan sertifikatlarga beriladigan imtiyozlar
Umumta‘lim fanlaridan A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Umumta‘lim fanlaridan B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Ariza yuborish bosqichlari
Qanday ariza yuborishni bilmayotgan bo‘lsangiz pastdagi qadamlar yoki video qo‘llanma orqali batafsil ma’lumot oling
Ro‘yxatdan o‘tish
One ID orqali tez va oson avtorizatsiyadan o‘tish va shaxsiy ma’lumotlarni kiritish mumkin.
Ariza yuborish
Shaxsiy va ta’lim ma’lumotlaringizni kiriting va Malaka oshirish uchun ariza yuboring
Test topshirish
Mening arizalarim bo‘limidan ariza holatini kuzatib boring
Attestat sertifikatini yuklab olish
Mening arizalarim bo‘limidan ariza holatini kuzatib boring
Quyidagi video qo‘llanma orqali ariza yuborish bosqichilari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling
Til sertifikatlari ro‘yxati
Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi
Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar
Sertifikat nomlari | A1 | A2 | B1 | B2 | C1 | C2 |
---|---|---|---|---|---|---|
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | - | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ | - |
Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT) | - | - | 42-71 | 72-94 | 95-113 | 114-120 |
Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) | - | - | 337-459 Speaking: 41 | 460-542 Speaking: 48 | 543-626 Speaking: 58 | 627-677 Speaking: 64 |
Cambridge Assessment English(KET, PET, FCE, CAE, CPE) | - | 120 | 140 | 160 | 180 | 200 |
International English Language Testing System – IELTS (Academic) | 2.0 | 3.0 | 4.0-5.0 | 5.5-6.5 | 7-8 | 8.5-9 |
iTEP International Test of English Proficiency | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |